Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 28,5 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming nafarga yoki 22,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

sayohat – 17 956 nafar

xizmat yuzasidan – 7 557 nafar

oʻqish – 2 710 nafar

qarindoshlarni yoʻqlash – 253 nafar

tijorat – 10 nafar

p