23/10/2020

 Mamlakatimizdan 2020- yilning 9 oyida chet elga 108,2 mln. AQSh dollari qiymatidagi 11 135 dona yengil avtomobil eksport qilingan. Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 35,1 mln. AQSh dollariga ya'ni 47,9 % ga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 985 dona) eksport qilingan.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

- Qozog‘iston – 91,7 mln. dollari

- Ozarbayjon – 6,2 mln. dollari

- Ukraina – 5,7 mln. dollari

- Rossiya Federatsiyasi – 2,2 mln. dollari

- Tojikiston – 1,1 mln. dollari

- Boshqa davlatlar – 1,3 mln. dollari

Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 9 oyida mamlakatimizga 349,3 mln. dollari qiymatidagi 20 482 dona yengil avtomobil import qilingan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech