Mamlakatimizdan 2020- yilning 9 oyida chet elga 1,3 mlrd. AQSh dollari qiymatidagi 455 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan. To‘qimachilik mahsulotlari eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 171,6 mln. AQSh dollariga ya'ni 14,6 % ga oshgan.

O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan asosiy davlatlar:
- Rossiya Federatsiyasi – 486,5 mln. dollari
- Xitoy Xalq Respublikasi – 277,5 mln. dollari
- Qirg‘iz Respublikasi – 196,5 mln. dollari
- Turkiya – 153,4 mln. dollari
- Polsha – 32,6 mln. dollari
- Qozog‘iston – 30,6 mln. dollari
Shu bilan birga, 2020- yilning 9 oyida mamlakatimizga 148,3 mln. AQSh dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari import qilinib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,2 % ga kamaygan.
Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 9 oy yakuni bo‘yicha to‘qimachilik korxonalari tomonidan 23,8 trln. so‘m qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 % ga oshgan.
Axborot xizmati


