Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 3 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 1 908 tonna limon eksport qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga  nisbatan 127 tonnaga yoki 7,1 % ga oshgan.

Oʻzbekiston 2025-yilning 6 oyida eng koʻp limon eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 1 087 tonna

Qozogʻiston – 734 tonna

Qirgʻiz Respublikasi – 82 tonna

Boshqa davlatlar – 5 tonna

l