Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra,  2025-yilning 1-iyul holatiga respublikamizda 38 234 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning soni yil boshidan buyon 1 969 taga oshgan.

Faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalarning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:

savdo sohasida – 15 264 ta

sanoat sohasida – 8 703 ta

yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 7 303 ta

qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 2 649 ta

sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish – 646 ta

tashish va saqlash sohasida – 354 ta

qurilish sohasida – 299 ta

axborot va aloqa sohasida – 245 ta 

boshqa sohalarda – 2 771 ta

 o