Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida jami 3,5 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 810 ming nafarga yoki 29,7 % ga oshgan.

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida chet elga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:

Qirgʻiz Respublikasi – 1 527 303 nafar

Qozogʻiston – 664 669 nafar

Tojikiston – 631 660 nafar

Rossiya – 230 412 nafar

Saudiya Arabistoni – 145 294 nafar

Turkiya – 102 000 nafar

BAA – 72 729 nafar

Misr – 30 959 nafar

Tailand – 16 671 nafar

Vyetnam – 16 179 nafar

Boshqa davlatlar – 102 622 nafar

p