O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 391 300 tani tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha eng ko‘p faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida – 82 301 ta yoki jamiga nisbatan 21,0 %, Toshkent viloyatida – 38 097 ta yoki 9,7 % va Farg‘ona viloyatida – 33 307 ta yoki 8,5 %ni tashkil qildi.
Shunindek, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo – 123 466 ta yoki jamiga nisbatan 31,6 %, sanoat – 79 230 ta yoki 20,2 %, qurilish – 39 641 ta yoki 10,1% hamda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida – 38 125 ta yoki 9,7 %ni tashkil etdi.

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida respublika bo‘yicha jami 70 251 ta yangi kichik korxona va mikrofirma tashkil etildi. Jumladan, eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida – 10 786 ta yoki jamiga nisbatan 15,4 %, Samarqand viloyatida – 6 558 ta yoki 9,3 %, Surxondaryo viloyatida – 6 395 ta yoki 9,1 %ni tashkil qildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalarning eng yuqori qismi savdo – 25 987 ta yoki jamiga nisbatan 37,0 %ni, sanoat – 14 540 ta yoki 20,7 %, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi – 11 841 ta yoki 16,9 % hamda qurilishda – 4 701 ta yoki 6,7 %ni tashkil etdi.
Respublika tuman va shaharlari bo‘yicha bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Andijon shahrida 1 584 ta, Samarqand shahrida 1 564 ta, Chilonzor tumanida 1408 taga yetdi.
Faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari har ming aholiga to‘g‘ri kelishi 2020- yilning yanvar-sentabrida 15,0 birlikka yetdi. Shuningdek, tuman va shaharlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Yakkasaroy tumanida 60,8 birlik, Bektemir tumanida 57,9 birlik hamda Mirobod tumanida 47,4 birlikni tashkil etdi.
Axborot xizmati


