2020- yilning yanvar-sentabr oylarida, ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining ulushi 6,0 % gacha oshishi (2019-yilning yanvar-sentabrida – 5,6 %) qayd etildi.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining umumiy hajmida kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlarining ulushi 2019- yilning mos davriga nisbatan 0,8 f.p.ga oshib, 7,5 %ni tashkil etdi, shuningdek, axborot sohasidagi xizmatlarning ulushi 1,2 f.p.ga oshib, 4,7 %ga yetdi.

Kompyuter dasturlashtirish, maslahat berish xizmatlarining eng katta ulushi Toshkent shahrida qayd etildi - 94,4 %. Buning sababi shundaki, ushbu hududda shu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning aksariyati ro‘yxatdan o‘tgan.

Axborot xizmati