Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 440 tonnaga oshgan.

2025-yilning 6 oyida Oʻzbekistonga eng koʻp muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari yetkazib bergan davlatlar:

Rossiya – 828 tonna

Qozogʻiston – 648 tonna

Xitoy – 187 tonna

Belarus R. – 73 tonna

Fransiya – 33 tonna

Boshqa davlatlar – 55 tonna

m