27/10/2020

Joriy yilning 26- oktabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Narxlar statistikasi boshqarmasiga texnik ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan o‘n kunlik vebinarning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro valyuta jamg‘armasi Statistika departamenti bosh iqtisodchisi Brayan Graf ham ishtirok etdi.

Vebinar davomida ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasining hisob-kitoblari  va indekslarning shakllanish jarayonlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar narxlari indeksi yuzasidan fikr-mulohazalar bildiridi.

Shu yil 6- noyabrga qadar davom etadigan mazkur vebinarda ishtirokchilar mavzu yuzasidan fikr-mulohaza almashib, kelgusida narxlar statistikasi bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Vebinar samimiy va do‘stona ruhda bo‘lib o‘tdi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech