27/10/2020

O‘zbekiston sentyabr oyida xorijdan 9 ta elektromobil sotib olgan.

2020- yilning 9 oyida O‘zbekistonga xorijdan 82 ta elektromobil import qilingan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 59 taga ko‘p.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu yil Xitoydan – 52 ta, Koreya Respublikasidan – 12 ta hamda Germaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya Federatsiyasi va Gruziya kabi davlatlardan 17 ta elektromobil import qilingan.

Ma'lumot o‘rnida, joriy yilda import qilingan elektromobillar uchun 2,1 million AQSh dollari sarflangan.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech