Respublika boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlarning umumiy hajmida Toshkent shahrining ulushi eng ahamiyatli boʻlib, 36,7 % ni tashkil etadi. Buning sababi shundaki, jami xizmatlar hajmida ulushi ustunlikka ega boʻlgan moliyaviy xizmatlar, transport, savdo va ta’lim sohasidagi, shuningdek, aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining salmoqli hissasi ushbu hududga toʻgʻri kelishi bilan izohlanadi.

Xizmatlar sohasining eng kichik koʻrsatkichi Sirdaryo viloyatida (1,5 %) kuzatilgan.
Axborot xizmati


