Joriy yilning 20-22-avgust kunlari Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan davlat organlarining statistik va maʼmuriy maʼlumotlarni shakllantirishga masʼul xodimlari uchun uch kunlik maxsus oʻquv kursi tashkil etildi.


Oʻquv kursida maʼmuriy maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalangan holda rasmiy statistik maʼlumotlarni shakllantirish bilan shugʻullanuvchi Milliy statistika qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralar mutaxassislari ishtirok etdi.


Tadbirga BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE)ning statistika boʻyicha mintaqaviy maslahatchisi Stiven Veyl ekspert sifatida jalb etildi.


Kurs soʻngida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.




