28/10/2020

2020- yilning yanvar - sentabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 180,1 trln. soʻmni yoki 2019- yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil qildi.

Jumladan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 174,0 trln. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 103,4 % ni tashkil etdi. Jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi - 48,4 % ni, chorvachilik mahsulotlarining ulushi - 51,6 % ni tashkil etdi.

Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlil qilinganda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari umumiy hajmining 72,3 % i – dehqon (shaxsiy yordamchi) xoʻjaliklariga, 24,7 % i – fermer xoʻjaliklariga, 3,0 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga toʻgʻri kelgan.

Hududlar kesimida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)larining eng yuqori hajmi Samarqand (23 169 mlrd. soʻm) viloyatida qayd etildi, eng kam hajm Sirdaryo viloyatida (6 090 mlrd. soʻm) kuzatildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech