2020- yilning 1- yanvar holatiga respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan shifoxonalar soni 1205 tani tashkil etib, shundan nodavlat shifoxona soni 575 tani (jamiga nisbatan 47,7 %) tashkil etdi, 2018- yilga nisbatan shifoxonalar soni 40 taga (oʻtgan yilga nisbatan 3,4 %) koʻpaygan.

Shifoxonalardagi oʻrinlar soni 153,4 mingtani tashkil etib, shundan nodavlat shifoxonalardagi oʻrinlar soni 18,7 mingtani (jamiga nisbatan 12,2 %) tashkil etadi.
Aholining shifoxona oʻrinlari bilan ta’minlanganligi boʻyicha tahlillar shuni koʻrsatdiki, har 10 000 aholiga nisbatan shifoxona oʻrinlari soni 45,2 tani tashkil etdi.
Axborot xizmati


