Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari soni 1639,4 ming kishini tashkil etdi. MDH davlatlariga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari 1525,3 ming kishini (93,0 %) tashkil etgan boʻlsa, boshqa davlatlarga esa 114,1 ming kishi (7,0 %) ketgan.

Chet elga ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy qismi, ya’ni 700,3 ming kishi (yoki 42,7 %) Qirgʻiz Respublikasiga, 494,3 ming kishi (30,1 %) Qozogʻistonga, 265,9 ming kishi (16,2 %) Tojikistonga, 45,2 ming kishi (2,8 %) Rossiyaga borgan.
Axborot xizmati


