2020- yilning yanvar-sentabr oylarida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarining hajmi 84,3 trln. soʻmni yoki 2019- yilning mos davriga nisbatan 104,3 % ni tashkil etdi. Yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining umumiy hajmida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 48,4 % ni tashkil qildi.

Mazkur davrda barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan 6 667,1 ming tonna – don ekinlari, 7 630,4 ming tonna – sabzavot, 2 432,7 ming tonna – kartoshka, 1 399,1 ming tonna – poliz, 2 067,7 ming tonna –meva va rezavorlar hamda 1 275,3 ming tonna – uzum yetishtirildi.

Yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari boʻyicha yuqori ulushga ega hududlar tahlil qilinganda, respublika boʻyicha jami yetishtirilgan don ekinlarining 11,8 % i – Qashqadaryo viloyati, sabzavotlarning 30,4 % i – Andijon (15,2 %) va Samarqand (15,2 %) viloyatlari, kartoshkaning 21,1 % i – Samarqand viloyati, polizning 14,0 % i – Surxondaryo viloyati, mevalarning 20,2 % i – Andijon viloyati, uzumning 37,6 % i  – Samarqand viloyati hissasiga toʻgʻri keldi.

Qayd etish lozimki, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida 32,0 mln. AQSH dollari qiymatida 100,9 ming tonna tarvuz va qovun hamda 84,6 mln. AQSH dollari qiymatida 86,5 ming tonna uzum eksport qilindi.

Axborot xizmati