Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida respublikamizda kichik qurilish korxona va mikrofirmalari tomonidan 85,7 trln so‘m qurilish ishlari bajarilgan.
Bu ko‘rsatkichning jami bajarilgan qurilish ishlari hajmidagi ulushi 52,6 % ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,2 % ga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-iyul):
2021-yil – 32,9 trln so‘m
2022-yil – 40,1 trln so‘m
2023-yil – 48,2 trln so‘m
2024-yil – 74,5 trln so‘m
2025-yil – 85,7 trln so‘m



