Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha taqsimlanishida eng yuqori – 68,7 % ulush bino va inshootlar qurilishi yoʻnalishiga toʻgʻri kelgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 2,9 % ga oshgan.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-iyul):
— 2021-yil – 46,7 trln soʻm;
— 2022-yil – 57,4 trln soʻm;
— 2023-yil – 64,8 trln soʻm;
— 2024-yil – 102,4 trln soʻm;
— 2025-yil – 142 trln soʻm.



