30/10/2020

Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2020- yilning 9 oyida davomida FHDYO organlarida 614,7 ming nafar tugʻilganlik (tirik tugʻilgan) holatlari qayd etilgan boʻlib, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga koʻp.

Tugʻilganlik holatlari hududlar boʻyicha tahlil etilganda eng koʻp tugʻilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etilganligi kuzatildi.

Ushbu koʻrsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda, Surxondaryo viloyatida eng koʻp – ya’ni, har ming nafar aholiga 28 ta chaqaloq toʻgʻri kelgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston Respublikasida eng kam – ya’ni, har ming nafar aholiga 20 ta chaqaloq toʻgʻri kelganligi kuzatildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech