Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyul oylarida 542,6 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan.

Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 % ga oshgan.

Bu ko‘rsatkich hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahri (207,1 trln so‘m - 38,2 %) hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 18 trln so‘m

Andijon viloyati – 27,7 trln so‘m

Buxoro viloyati – 22,3 trln so‘m

Jizzax viloyati  – 12,7 trln so‘m

Qashqadaryo viloyati –  27,9 trln so‘m

Navoiy viloyati  – 13,4 trln so‘m

Namangan viloyati – 27,7 trln so‘m

Samarqand viloyati –  38,5 trln so‘m

Surxondaryo viloyati    – 18,2 trln so‘m

Sirdaryo viloyati – 7,5 trln so‘m

Toshkent viloyati – 36,7 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 36,3 trln so‘m

Xorazm viloyati   – 18,6 trln so‘m

Toshkent shahri – 207,1 trln so‘m

r