Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2020- yilning yanvar-sentabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi joriy narxlarda 408,3 trln. soʻmni tashkil etdi.

Oʻtgan yilning yanvar-sentabr oylari bilan taqqoslaganda, iqtisodiyotning tarmoqlar boʻyicha tarkibida katta boʻlmagan oʻzgarishlar kuzatildi. Jumladan, YaIM (YAQQ) tarkibida sanoatning ulushi 29,3 % dan 28,5 %ga, xizmatlar sohasining ulushi 36,5 %dan 36,2 %ga kamaygan boʻlsa, qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining ulushi 27,3 %dan 27,9 %ga, qurilish tarmogʻining ulushi 6,9 %dan 7,4 %ga oshdi.

2019- yilning yanvar-sentabr oylarida esa, 2018- yilning mos davri bilan taqqoslaganda, YaIM tarkibida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi ulushining 27,3 %gacha pasayishi (2018- yilning yanvar-sentabrida – 31,0 %) va sanoat tarmogʻi ulushining 29,3 %gacha oshishi (2018- yilning yanvar-sentabrida – 26,4 %) bilan bogʻliq sezilarli oʻzgarishlar kuzatilgan.

Axborot xizmati