Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 40 265 tani tashkil etgan.

Hududlar kesimida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni quyidagicha:

Toshkent shahrida – 9 093 ta;

Toshkent viloyatida – 4 109 ta;

Xorazm viloyatida – 3 648 ta;

Farg‘ona viloyatida – 3 311 ta;

Samarqand viloyatida – 2 958 ta;

Surxondaryo viloyatida – 2 450 ta;

Qashqadaryo viloyatida – 2 393 ta;

Buxoro viloyatida – 2 229 ta;

Andijon viloyatida – 2 027 ta;

Namangan viloyatida – 2 007 ta;

Jizzax viloyatida – 1 781 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 1 744 ta;

Navoiy viloyatida – 1 508 ta;

Sirdaryo viloyatida – 1 007 tani tashkil etgan.

r