Joriy yilning 1- oktabr holatiga, jami tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 394 234 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar 88 855 tani (22,5 %) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 12 779 ta;
Farg‘ona viloyatida – 10 523 ta;
Qashqadaryo viloyatida – 9 015 ta;
Namangan viloyatida – 7 173 ta;
Surxondaryo viloyatida – 6 991 ta.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida korxonalar quyidagicha taqsimlandi:
- savdoda – 33 457 ta;
- sanoatda – 16 007 ta;
- qurilishda – 7 818 ta;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 725 ta;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 618 ta.
Axborot xizmati


