02/11/2020

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida koʻrsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmida savdo xizmatlarining ulushi 26,3 %ni tashkil etib, bu koʻrsatkich 2019- yilning shu davriga nisbatan 0,8 f.p.ga yuqori boʻldi.

Bunga, asosan, joriy davrda avtomobillar va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdo boʻyicha xizmatlar ulushi, umumiy savdo xizmatlari hajmining qariyb toʻrtdan uch qismiga, aniqrogʻi 67,9 % iga toʻgʻri kelgani oʻz ta’sirini koʻrsatgan.

Boshqa hududlar bilan taqqoslanganda, chakana savdo boʻyicha xizmatlarning eng katta ulushi Qashqadaryo (86,5 %), Andijon (85,5 %) va Jizzax (83,8 %) viloyatlariga toʻgʻri kelgan.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech