Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda veterinariya xizmatlari hajmi 246,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 34,5 % ga oshgan.
Hududlar kesimida veterinariya xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri – 129,6 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 59,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 13,5 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 9,7 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 8,8 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 6,4 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 3,8 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 2,4 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 2,4 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 1,9 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston R. – 1,3 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 1 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 0,7 mlrd so‘m



