Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda 7 ta hayvonot bog‘i faoliyat yuritmoqda. Ularning umumiy maydoni 49,2 gektarni tashkil etadi.

Hayvonot bog‘larida 720 ta turdagi jami 19 332 ta hayvon saqlanmoqda.

Ular quyidagicha taqsimlangan:

baliqlar – 9 600 ta;

parrandalar – 2 383 ta;

sut emizuvchilar – 611 ta;

sudralib yuruvchilar – 453 ta;

suvda va quruqlikda yashovchilar – 63 ta;

boshqalar – 6 222 ta.

z