Dastlabki ma’lumotlarga koʻra, 2020- yilning 9 oy yakunlariga koʻra, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) oʻtgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 0,4 % ga (2019- yilning 9 oyligida – 5,9 % ga) oʻsdi.

Joriy davrda YaIM oʻsishida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligining hissasi eng yuqori boʻldi. Mazkur tarmoqda ishlab chiqarish hajmi 3,4 % ga oshgan holda, YaIMning 0,8 % punktga oʻsishini ta’minladi.
Qurilish tarmogʻida 8,6 % ga yuqori oʻsish sur’atlari kuzatilgan boʻlsada, YaIM oʻsishidagi hissasi 0,5 % punktni tashkil etdi.
Sanoat tarmogʻida ishlab chiqarish hajmlarining 2,7 % ga kamayishi ta’sirida YaIM hajmining 0,7 % punktga kamayishi kuzatildi.
Shuningdek, xizmatlar sohasida kuzatilgan 0,7 % ga kamayish YaIM oʻsishiga 0,2 % punkt salbiy ta’sir koʻrsatdi.
Mahsulotlarga sof soliqlarning 0,6 % ga kamayishi, YAIM oʻsishiga sezilarli salbiy ta’sir koʻrsatmadi va -0,04 % punktni tashkil etdi.
Axborot xizmati


