Milliy statistika qo‘mitasining ahil jamoasi nomidan “1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz.
Mazkur qutlugʻ ayyom sohiblari bo‘lmish soha fidoyilariga eng ezgu tilaklarni izhor etib, sihat-salomatlik, xonadonlariga fayz-u baraka, millat ta’limi yo‘lidagi mashaqqatli hamda sharafli faoliyatlarida kuch-quvvat, ulkan zafarlar tilab qolamiz!



