Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida avto va mototransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xizmatlari hajmi 10,9 trln soʻmni tashkil etdi.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda 10,1 % ga oʻsgan.

Mazkur turdagi xizmatlarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha:

Qoraqalpogʻiston Resp. – 886,9 mlrd soʻm;

Andijon viloyati – 717 mlrd soʻm;

Buxoro viloyati – 582 mlrd soʻm;

Jizzax viloyati – 409 mlrd soʻm;

Qashqadaryo viloyati – 860,5 mlrd soʻm;

Navoiy viloyati – 240,6 mlrd soʻm;

Namangan viloyati – 1 trln soʻm;

Samarqand viloyati – 1,2 trln soʻm;

Sirdaryo viloyati – 438,2 mlrd soʻm;

Surxondaryo viloyati – 102,1 mlrd soʻm;

Toshkent viloyati – 777,9 mlrd soʻm;

Fargʻona viloyati – 1,1 trln soʻm;

Xorazm viloyati – 594,9 mlrd soʻm;

Toshkent shahri – 2 trln soʻm.

c