Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025 yilning yanvar–avgust oylarida jami 165,7 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 53,8 ming nafarga yoki 48,1 foizga oshgan.
Joriy yilning 8 oyida Saudiya Arabistoniga borgan Oʻzbekiston fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha:
sayohat – 141,6 ming nafar;
qarindoshlarni yoʻqlash – 23,5 ming nafar;
davolanish – 548 nafar;
xizmat yuzasidan – 62 nafar;
oʻqish – 18 nafar.



