2020 yilning 9 oyi davomida O‘zbekiston 22 ta xorijiy davlatlarga qiymati 7,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport geografiyasi 5 ta davlatga ko‘payganini kuzatishimiz mumkin.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekiston qalampir mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 2,3 mln;
Rossiya – 1,3 mln;
AQSh – 1,1 mln;
Germaniya – 1,0 mln;
Ukraina – 211,7 ming;
Belgiya – 152,9 ming;
Turkiya – 126,0 ming;
Boshqalar – 327,1 ming AQSh dollari.
Ma'lumot o‘rnida, 2020- yilning 9 oyida hududlar orasida Samarqand viloyati eng ko‘p ya'ni, qiymati 1 814,6 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan qalampir eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich jami qalampir eksportining 24,5 % ni tashkil etadi.
Axborot xizmati


