Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentabr oylarida jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 18 168,3 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkich 2019- yilning yanvar-sentabr oylariga nisbatan 29,8 % ga ko‘p bajarilgan bo‘lib, jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 2019- yilning mos davridagi ko‘rsatkich darajasidan 4,5 % ga ko‘payib, 27,9 % ni tashkil etdi.

Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi:

Toshkent shahar­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­ – 25,3 %;

Navoiy – 23,0 %; 

Toshkent viloyati – 20,1 % ga to‘g‘ri keldi.

Axborot xizmati