Shu kunlarda poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahallasida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi loyihalarini dastlabki sinovdan o‘tkazish maqsadida kuzatuvlar o‘tkazilmoqda.

BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati va Toshkent shahar statistika boshqarmasining 30 nafar xodimi ishtirok etmoqda.

Kuzatuvni o‘tkazish jarayonida aholini ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirishga sarflanadigan vaqt va savollarning aholiga mazmunan tushunarliligi o‘rganilmoqda.

Shuningdek, mahalla fuqarolariga aholini ro‘yxatga olish tadbirining mazmun-mohiyati hamda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarini ishlab chiqishdagi roli xususida tushunchalar berilmoqda.

 

Kuzatuv natijalaridan kelib chiqib, 2021- yilda o‘tkaziladigan sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqiladi.

Axborot xizmati