Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida kompyuter va periferiya uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 1,1 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga oshdi.
Kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmida kompyuterlar va periferiya uskunalarini ta’mirlash bo‘yicha xizmatlarning ulushi 12,3% ni tashkil etdi.



