Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida jami 287,7 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 190,3 ming nafarga yoki qariyb 3 barobarga oshgan.

Joriy yilning 8 oyida Oʻzbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:

Afgʻoniston — 267 879 nafar

Tojikiston — 14 648 nafar

Turkmaniston — 2 235 nafar

Rossiya — 585 nafar

Turkiya — 392 nafar

Qozogʻiston — 373 nafar

Boshqa davlatlar — 1 635 nafar

tijorat-safar_p85182