Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar—avgust oylarida mamlakatimizda yangi obyektlar qurilishi boʻyicha qurilish faoliyati bilan shugʻullanuvchi kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 62 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.
Shuningdek, ushbu koʻrsatkichning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 46,1 % ni tashkil etdi.
Yangi obyektlar qurilishining korxona turlari boʻyicha dinamikasi quyidagicha (yanvar—avgust):
yirik korxonalar — 23,5 %;
kichik korxona va mikrofirmalar — 46,1 %;
norasmiy sektor — 30,4 %



