Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylari davomida respublikamizda jami 66 238 ta korxona va tashkilot tashkil etilgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz). Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,1 foizga oshgan.
Ularning hududlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:
Toshkent shahri – 14 560 ta
Toshkent viloyati – 6 575 ta
Xorazm viloyati – 5 920 ta
Farg‘ona viloyati – 5 338 ta
Samarqand viloyati – 5 103 ta
Qashqadaryo viloyati – 4 087 ta
Surxondaryo viloyati – 3 780 ta
Buxoro viloyati – 3 744 ta
Andijon viloyati – 3 683 ta
Namangan viloyati – 3 408 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3 046 ta
Jizzax viloyati – 2 820 ta
Navoiy viloyati – 2 468 ta
Sirdaryo viloyati – 1 706 ta



