O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF–173-sonli Farmoniga muvofiq, 2026-yilning 15-yanvar — 28-fevral kunlari mamlakatimizda “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” tadbiri o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 Mazkur tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Buxoro viloyati statistika boshqarmasi, tuman-shahar statistika bo‘limlari tomonidan joylarda ro‘yxatga oluvchilarni tayyorlaydigan murabbiylar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda.

photo_2025-10-24_19-58-51_p84811

photo_2025-10-24_19-58-48_p83210

photo_2025-10-24_19-58-59_p53413

Ushbu seminarlarda Farmonning mazmun-mohiyati, ro‘yxatga olish bosqichlari va uning ahamiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida foydalaniladigan axborot tizimlari, elektron savolnomalarni to‘ldirish tartibi va boshqa muhim mavzularda ma’lumotlar berilmoqda.

photo_2025-10-24_19-58-51_p64702

photo_2025-10-24_19-58-56_p63789

photo_2025-10-24_19-59-08_p58114

photo_2025-10-24_19-59-05_p35721photo_2025-10-24_19-58-54_p25081

Bu kabi o‘quv-seminarlar muhim tadbir – aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori darajada tashkil etish va xalqaro talablar asosida o‘tkazishga xizmat qiladi.