2020 yilning 9 oylik yakunlariga ko‘ra qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Jizzax (55,1 %) va Surxondaryo (50,4 %) viloyatlarida, sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy (73,0 %) va Toshkent (47,3 %) viloyatlarida, qurilishning eng yuqori ulushi Toshkent shahrida (10,1 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,8 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa Toshkent shahrida (53,0 %) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (35,2 %) kuzatildi.
Shu bilan birga, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo‘yicha eng kichik ko‘rsatkich Navoiy (13,4 %) va Toshkent (25,1 %) viloyatlarida, sanoatning eng kam ulushi Surxondaryo (7,6 %) va Jizzax (10,8 %) viloyatlarida, qurilishning eng kam ulushi Navoiy (3,7 %) va Toshkent (4,9 %) viloyatlarida, xizmatlar sohasining eng kam ulushi Navoiy (9,9 %) va Toshkent (22,7 %) viloyatlarida qayd etildi.
2020- yilning yanvar-sentabr oylarida YaHMning tarmoqlar bo‘yicha tarkibi
(YaQQga nisbatan % da)
Axborot xizmati


