Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 8,8 % ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush Surxondaryo viloyatida qayd etildi. Hududdagi barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 17,5 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Xorazm viloyatida 17,4 %, Samarqand viloyatida 16,2 % va Buxoro viloyatida 14,5 % investitsiyalar aholi mablag‘lari hisobidan o‘zlashtirildi.
Axborot xizmati


