2020 yilning III choragida oxirgi yillik hisobotda ish hajm koʼrsatgan 15754 ta kichik korxona va mikrofirmalarning joriy davr uchun iqtisodiy holati boʼyicha tanlanma soʼrovnoma oʼtkazildi.
Unga muvofiq kichik korxona va mikrofirmalarning:
3 456 tasi (21,9 %) iqtisodiy holatini qulay;
10 156 tasi (64,5 %) iqtisodiy holatini qoniqarli;
2 142 tasi (13,6 %) iqtisodiy holatini qoniqarsiz deb baholagan.
Iqtisodiy holati qulay deb baholangan 3 456 ta kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar hamda iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanishi.

Kuzatuv natijalariga koʼra iqtisodiy holati qoniqarli deb baholangan 10 156 ta kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar hamda iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanishi.

Shuningdek, iqtisodiy holati qoniqarsiz deb baholangan 2 142 ta kichik korxona va mikrofirmalarning hududlar hamda iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanishi.

Axborot xizmati


