Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan jami 62,4 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 95,8 % ini tashkil etdi.

Nodavlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar Surxondaryo viloyatida  hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 99,2 %, Jizzax viloyatida 97,6 %, Toshkent shahrida  97,5 % kuzatildi.

Axborot xizmati