Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning 1-oktabr holatiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar (YATT) soni 281 861 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida YATTlar soni quyidagicha:
Toshkent shahrida – 37 653 ta
Samarqand viloyatida – 29 559 ta
Fargʻona viloyatida – 28 326 ta
Andijon viloyatida – 26 834 ta
Toshkent viloyatida – 25 279 ta
Qashqadaryo viloyatida – 22 833 ta
Namangan viloyatida – 20 142 ta
Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 17 248 ta
Buxoro viloyatida – 17 216 ta
Surxondaryo viloyatida – 16 655 ta
Xorazm viloyatida – 14 711 ta
Jizzax viloyatida – 9 921 ta
Sirdaryo viloyatida – 8 057 ta
Navoiy viloyatida 7 427 tani tashkil etdi.



