Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar—sentabr oylarida mamlakatimizda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha asosiy kapitalga 443,6 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Shundan axborot va aloqa faoliyat turi bo‘yicha 5,9 trln so‘mni (jami investitsiyalarga nisbatan ulushi 3,3 foiz) tashkil qildi.
Ularning asosiy qismi aloqa faoliyat turiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ushbu ko‘rsatkichning o‘tgan yillar bo‘yicha dinamikasi quyidagicha (yanvar—sentabr)
2020-yil – 3,7 trln so‘m
2021-yil – 3 trln so‘m
2022-yil – 4,8 trln so‘m
2023-yil – 7,2 trln so‘m
2024-yil – 7,4 trln so‘m



