Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha jami asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibida respublika budjeti hisobidan o‘zlashtirilgan investitsiyalar ulushi 6,5 % ni tashkil etdi.

Mazkur ko‘rsatkich hududlar kesimida kuzatilganda, eng yuqori ulush 12,4 % bilan Toshkent viloyatida qayd etildi – hududdagi jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 12,4 % ini tashkil etdi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatida bu ko‘rsatkich 9,0 %, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 8,6 % va Samarqand viloyatida 8,0 % ga yetdi.
Axborot xizmati


