Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda har 1000 aholiga 32,1 ta tadbirkorlik subyektlari to‘g‘ri keladi.
Ushbu ko‘rsatkichning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:
Xorazm viloyatida - 43,5 ta;
Toshkent shahrida - 43,4 ta;
Sirdaryo viloyatida - 37,7 ta;
Buxoro viloyatida - 37,5 ta;
Navoiy viloyatida - 36,2 ta;
Andijon viloyatida - 36,0 ta;
Jizzax viloyatida - 34,6 ta;
Toshkent viloyatida - 31,0 ta;
Samarqand viloyatida - 29,4 ta;
Namangan viloyatida - 28,5 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 28,0 ta;
Farg‘ona viloyatida - 27,6 ta;
Qashqadaryo viloyatida - 26,1 ta;
Surxondaryo viloyatida 24,3 ta.



