Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi boʻyicha barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga oʻzlashtirilgan investitsiyalar hajmi 39,2 trln soʻmga yetgan. Ularning asosiy qismi xorijiy investitsiya va kreditlar hisobiga toʻgʻri keladi.
Ushbu koʻrsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-sentabr)
2021-yil – 11,4 trln soʻm;
2022-yil – 11,3 trln soʻm;
2023-yil – 10,2 trln soʻm;
2024-yil – 18,2 trln soʻm;
2025-yil – 39,2 trln soʻm.



