Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi “Donishmand” mahallasida aholini roʻyxatga olish savolnomalari va ularni toʻldirish yoʻriqnomasi loyihalarini dastlabki sinovdan oʻtkazish boʻyicha kuzatuvlar davom etmoqda.

Kuzatuv jarayonlarida aholini roʻyxatga olish savolnomalari tarkibiga kiritilgan savollarning aholiga mazmunan tushunarliligi va aholining kuzatuvga munosabati oʻrganilmoqda. Shuningdek, kuzatuvda roʻyxatga olish uchastkalari va instruktorlar faoliyatini tashkil etish jarayonlari amaliyotda tajribadan oʻtkazilmoqda.

Joriy yilning 6- noyabr kuni Davlat statistika qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari M.Ziyadullayev kuzatuv jarayonlari bilan tanishish maqsadida “Donishmand” mahallasida boʻlib, kuzatuv ishtirokchilarining jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdi va ularning taklif va mulohazalarini oʻrgandi.

Mazkur kuzatuvlar pandemiya sharoitida oʻtkazilayotganligi sababli aholiga tibbiy niqoblar va antiseptik vositalari ham tarqatilmoqda.

Axborot xizmati