Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentabr oylarida metropoliten orqali jami 205,7 mln nafar yo‘lovchi tashilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirilganda 14,4 mln yo‘lovchiga yoki 7,5 foizga oshgan.
Mazkur davrda metropolitenda bir kunda o‘rtacha 753,5 ming nafar yo‘lovchi tashilgan.



